«Qöyliq Katta Bozori» — Özbekistondagi eng yirik savdo loyihalaridan biri bölib, u yerda har kim özi va biznesi uçun katta imkoniyatlarni topişi hamda ularni hayotga tatbiq qilişi mumkin.
«Qöyliq Katta Bozori» loyihasi Ipak yölining köp asrlik tarixi va Özbekistonning çeksiz vohalaridan ilhomlanganlik natijasida bunyod etilgan. Kompleks markaz rejasi biznes va arxitektura professionallari tomonidan yaratilgan. U zamondan zamonga ötib kelayotgan an’analar va innovatsiyalarning uyğunligi mahsulidir. Savdo majmuasi Toşkent viloyatining Bektemir tumanida, ikki yirik avtomobil yöli — Toşkent halqa avtomobil yöli va Fayzobod köçalari kesişmasida barpo etiladi.

Qöyliq Katta Bozori — hammabop joy
Binoning umumiy maydoni 600 000 m² dan ortiq bölib, ularda jami 210 ta blok qurilişi rejalaştirilgan. Şu bilan birga, savdo majmuasidagi jami dökonlar soni 7 mingdan oşadi. Turar joy majmualari va villalar qurilişi ham amalga oşirilmoqda.

Markaz hududida yetarli miqdorda qulay joylaşuvga ega avtoturargohlar taşkil etiladi.
Majmuaning fasad qismi oynalar va yoruğlik bilan boyitilgan murakkab metall konstruksiyalarni qöllaş yordamida yuqori sifatli zamonaviy materiallardan qurilmoqda. Majmua içida mehmonlar va uy egalarining yaşaşi uçun qulay şaroitlar yaratilmoqda.

Qöyliq Katta Bozori kompleks markazi nimalardan iborat?
Kompleks markaz puxta öylangan va rivojlangan infratuzilmaga ega bölganligi hamda maişiy texnika, töqimaçilik, avtomobil ehtiyot qismlari, quriliş materiallari, elektronika, idiş-tovoq, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari uçun turli xildagi savdo maydonlari, şuningdek, ofislar, restoranlar va turar joy binolarini öz içiga olgani bilan e’tiborga loyiqdir. Majmua hududida köplab dökonlar jamlanganligi xaridorlar oqimini ta’minlaydi, bu esa dökonlarni ijaraga beruvçilar va egalari uçun manfaatli böladi.

Imkoniyatlaringiz çeklanmagan — Qöyliq Katta Bozori savdo maydonlarida istalgan ğoyangizni amalga oşirişingiz mumkin, kompleks markaz mehmonlari esa farovon hayot uçun barça şaroitlar va undan ham ortiğini topadilar.

















