Britaniyaning Time jurnali talqiniga köra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va «Ukraina ruhi» «yil odami» böldi.

Naşrning ta’kidlaşiça, Zelenskiy bosqinning dastlabki murakkab haftalarida Kiyevni tark etmadi. Janglar davomida rus bosqinçilari öz maqsadiga erişa olmadi.

Jurnalistlar eng oğir davrda Ukrainada qolgan Zelenskiyni Afğonistonning sobiq prezidenti Aşraf Ğaniy bilan taqqoslaşadi. «Tolibon» kuçlari yaqinlaşgaç, Ğaniy poytaxtdan qoçib ketgan edi.

Zelenskiy vaziyatga moslaşa oldi va bosim ostida özini yöqotmaslikni örgandi. Prezident ortidan minglab ukrainaliklar qurolni qölga olib, öz uyi himoyasiga otlandi, deb yozdi naşr.

2022 yil may oyida Vladimir Zelenskiy Time jurnali öquvçilari tomonidan yilning «eng nufuzli odami» deb topilgan va Ilon Mask bilan Boris Jonsonni ortda qoldirgan edi.

Avvalroq, Financial Times naşri ham Vladimir Zelenskiyni «Yil odami» deb e’lon qilgan edi.