Tanganing old tomonida joylaşgan qirol Çarlz III portreti haykaltaroş Martin Jyennings tomonidan yasalgan. Tangadagi monarxning yuzi çapga - Britaniyada qabul qilingan an’anaga muvofiq, özidan oldingisiga nisbatan qarama-qarşi tomonga qaratilgan.
Tanganing orqa tomonida Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvçi törtta mamlakatning qurol-yaroğ qalqonlari va ramzlari tasvirlangan.
Dastlab, 9,6 million yangi tanga muomalaga çiqariladi. Şu bilan birga, hozirda muomalada bölgan qiroliça Yelizaveta II portreti tuşirilgan 27 milliardga yaqin tanga qonuniy tölov vositasi bölib qolaveradi.
Qirol Çarlz III portreti tuşirilgan ilk qoğoz pullar – banknotalar 2024 yil örtalarida muomalaga kiritiladi.












