Bugun, 9 dekabr kuni Qatarda jahon çempionatining çorakfinal uçraşuvlari boşlanadi. Xorvatiya termasi Braziliya bilan, Messi boşçiligidagi argentinaliklar Niderlandiya bilan hal qiluvçi bahslarni ötkazişadi. Five Thirty Eight kompaniyasi superkompyuteri uşbu qarama-qarşiliklarning ğoliblarini taxmin qildi. Maşina jamoalarning hujum va himoyadagi kuçini aks ettiruvçi Soccer Power Index deb ataladigan körsatkiçga asoslanadi.
Xorvatiya — Braziliya (Toşkent vaqti bilan soat 20:00)
Sakkiz yil ötib Luka Modriç va Neymar yana jahon çempionatida bir-biriga qarşi öynaydi. Töğri, bu safar örtaga guruh bosqiçidagi uç oçko emas, yarimfinal yöllanmasi qöyilgan.
1/8 finalda Janubiy Koreya bilan öyinda brazillar maksimal darajada qisqa fursatda keyingi bosqiçga ötiş masalasini hal etişdi, Vinisius, Neymar, Rişarliston va Paketa birinçi bölimda bittadan gol urişdi — hisob yiriklaşgaç, jamoa xotirjamlikka berilib, yarim kuç bilan öynadi va hatto koreyaliklar bitta javob goli urişiga imkon berişdi. Ammo Xorvatiya bilan bunday oson öyin böladimi?
Zlatko Daliç jamoasi hujumkor öyin namoyiş etmayapti. Lekin mudofaa işonçli harakatlanmoqda: Qatardagi hozirgaça ötgan tört öyinda xorvatlar faqat ikki bor gol ötkazib yuborişgan. Lekin jamoa nimçorak finalda Yaponiyani faqat penaltilar seriyasida mağlub eta oldi, osiyoliklar safida birinçi bölim oxirida Maeda urgan golga ikkinçi bölim boşida Perişiç javob qaytardi. Dominik Livakoviç yaxşi sport formasida — Yaponiya bilan öyinda u penaltilar seriyasida törttadan uçta zarbani qaytardi va milliy jamoani çorakfinalga olib çiqdi.
Braziliya darvozabonning qahramonligi bilangina natijaga erişiş mumkin bölgan raqib emas, ammo Xorvatiya baribir Livakoviçning seyvlariga ham umid qilişi kerak böladi. Oldinda esa hamişa Modriçdan umid qilinadi, u yöq joydan golli hujum öylab topişi mumkin.

Superkompyuterning prognoziga köra, Braziliya — çorakfinal uçraşuvidagi yaqqol favorit. Janubiy Amerika vakillarining Xorvatiya bilan öyindagi imkoniyatlari — 77 foiz; Zlatko Daliç şogirdlarining yarimfinalga çiqiş imkoniyatlari — 23 foizga baholangan.
Ha, brazillar — turnirning asosiy favoritlari, ammo har bir yangi öyin oldidan bu maqom bosimni oşiradi. Qatarda hozirgaça bir qator sensatsiyalar röy berdi — xorvatlar ham yil öyinini ötkazişi ehtimolini istisno etib bölmaydi.



















