Yukni Ukraina energetika vaziri örinbosari Farid Safarov qabul qildi. Generatorlar Yevropa Ittifoqining fuqarolik muhofazasi mexanizmi (UCPM) loyihasi doirasida sotib olingan, deya xabar beradi Ukraina Energetika vazirligi.

Germaniya energetika infratuzilmasini ta’mirlaş uçun Ukrainaga 56 million yevroga yaqin mablağ ajratdi va 350 dan ortiq generator beradi. 

Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Şols va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy örtasidagi telefon suhbatidan söng Germaniya hukumati matbuot xizmati ma’lum qilgandi.

Kansler Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga qarşi davom etayotgan zarbalarni qoraladi va Zelenskiyni Germaniya, jumladan, Ukraina havo mudofaasini kuçaytirişda va mamlakatni uruşdan keyin rekonstruksiya qilişda qöllab-quvvatlaşiga işontirdi.