Özbekistonda işga qabul qiliş böyiça tanlovlarning suhbat bosqiçida inson omili minimallaşadi. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi xabar beryapti.

Qayd etilişiça, agentlik vacancy.argos.uz portali orqali davlat organlari va taşkilotlaridagi vakant lavozimlar uçun ötkazilayotgan tanlovlar suhbat bosqiçi takomillaştirilmoqda.

Davlat fuqarolik xizmatçilari vakant lavozimlari yagona oçiq portali orqali ötkaziladigan oçiq tanlovlar 3 bosqiçda taşkil etiladi: nomzodlar arizalarini tegişli malaka talablari böyiça örganiş, test sinovi hamda suhbat.

Ikki yil mobaynida agentlik davlat organlari va taşkilotlari bilan hamkorlikda malaka talablarini yagona şakl asosida belgilaş hamda test sinovi bosqiçini şaffof tarzda taşkil etişga qaratilgan qator loyihalarni amaliyotga tatbiq etdi.

Endilikda suhbat bosqiçida inson omili minimallaştiriladi. Bu borada agentlik ikkita yangilikni barça davlat organlarida joriy etmoqda:

— suhbat jarayonida nomzodlarga berilayotgan savollar vazni teng bölişini ta’minlaş maqsadida barça savollar yagona platformada tasodifiy tanlaş (random) dasturi orqali beriladi;

— tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan suhbat jarayonida nomzodlarni platforma özida baholaş va qöyilgan ballni izohlaş yölga qöyiladi.