Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçi ayollari Muloqotiga 2020 yil dekabr oyida Özbekiston taşabbusi bilan asos solingan bölib, mintaqadagi xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rolini oşiriş hamda barqaror rivojlaniş bilan boğliq qarorlarni qabul qiliş jarayonlarida iştirok etiş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida norasmiy mintaqaviy platforma hisoblanadi.

Tadbirda Markaziy Osiyo yetakçi ayollari muloqoti a’zolari, BMT taraqqiyot dasturi, BMT boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbarlari iştirok etişdi.  

Yiğilişda sözga çiqqan Oliy Majlis Senati Raisi T.Norboyeva birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli Muloqot dolzarb mintaqaviy platformaga va Markaziy Osiyo davlatlari örtasida gender tengligini ta’minlaş masalalarini keng va oçiq muhokama qiliş uçun muhim maydonga aylanganini, umumiy taraqqiyot köp jihatdan gender tengligi va ayollarni qöllab-quvvatlaş masalalariga global va mintaqaviy e’tibor darajasiga boğliq ekani, çunki ular farovonlik va iqtisodiy ösiş, taraqqiyot omili va qudratli harakatlantiruvçi kuç sifatida hal qiluvçi rol öynaganini ta’kidlab ötdi.

Yiğilişda ayollarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş va unga barham beriş, ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, Markaziy Osiyoda tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaş kabi yönalişlarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça yangi amaliy çora-tadbirlar işlab çiqiş va amalga oşiriş imkonini beradigan hujjatlar qabul qilindi.

Şuningdek, tadbirning amaliy davomi sifatida 11 dekabr kuni Aşxobodda xalqaro hamkorlik masalasida bölib ötgan yana bir şunday “Muloqot – tinçlik garovi” mavzusidagi xalqaro konferensiya ham bölib ötdi.

Unda davlatlar örtasida parlamentlararo hamkorlik, şuningdek, Markaziy Osiyo yetakçi ayollari muloqoti doirasidagi özaro hamkorlik jadal rivojlanayotganligi