Transafğon temiryöli haqida
Markaziy va Janubiy Osiyo tarixan bir-biriga uzviy boğlangan hududlar bölib kelgan. Afsuski, turli zamonaviy global muammolar, xususan Afğonistondagi «siyosiy öyinlar» ikki mintaqa örtasida azaliy aloqalar uzilişiga olib keldi, özaro işonçsizlik va sovuqçilik muhitini yuzaga keltirdi.
Özbekiston hukumatining taşabbusi bilan özaro iqtisodiy aloqalarni qayta tiklaş va rivojlantiriş maqsadida 2021 yilning 2 fevral kuni Toşkent şahrida Özbekiston–Afğoniston–Pokiston örtasida «Mozori Şarif–Kobul–Peşovar» temiryölini quriş böyiça qöşma harakatlar rejasi qabul qilingandi.
Xususan, quriliş işlari 2021 yilning kuzida boşlanişi rejalaştirilgan edi, biroq Afğonistonda hokimiyat almaşişi bunga yöl qöymadi. «Tolibon» harakatining muvaqqat hukumati esa bir qança muzokaralardan sönggina loyihaga qöşildi. Şundan söng joriy yilning yanvar oyida temiryölning dastlabki yönalişi tasdiqlandi.

Loyiha amalga oşirilişi natijasida tovar-mahsulotlarni Markaziy Osiyo, MDH va Yevropaga yetkazib beriş muddati sezilarli darajada qisqarişi kutilmoqda. Xususan, Transafğon temiryöli qurilişi eng yirik submintaqalar örtasida yuk taşiş vaqti va narxini sezilarli darajada kamaytiradi. Mintaqa mamlakatlari uçun Pokistonning yirik dengiz portlariga çiqiş imkoniyati yaratiladi.
Loyihani kim moliyalaştiradi?
Taklif etilayotgan temiryöl liniyasi Özbekistonni «dengizga çiqiş imkoniyati yöq» maqomidan «quruqlik orqali dengizga boğlangan» davlat maqomiga ötiş imkoniyatiga ega. Bu Özbekistonning iqtisodiy xavfsizligi uçun juda ham muhim. Biroq bu borada moliyaviy, texnik va geografik tösiqlar saqlanib qolmoqda. Şulardan eng muammoli tomoni – temiryöl liniyasini kim moliyalaştirişi masalasidir.
Transafğon temiryölining uzunligi taxminan 573 kmni taşkil qiladi. Loyihani amalga oşiriş dastlab 4,8 – 5 milliard dollar atrofida baholangan va kerakli mablağlarning katta qismi Jahon banki tomonidan moliyalaştirilişi kerak edi. Ammo AQŞ qöşinlarining Afğonistondan çiqib ketişi va «Tolibon» harakatining hokimiyatga kelişi fonida Jahon banki kelişuvni bekor qildi.
AQŞning Afğonistonda mavjudligi ham mazkur mamlakatda samarali boşqaruv, soğlom siyosiy muhit va barqaror xavfsizlikni ta’minlay olmagan bölsa-da, köplab davlatlar va xalqaro taşkilotlar aynan AQŞ mavjudligi tufayli Afğonistonga sarmoya kiritib kelayotgan edi. Qöşma Ştatlarning çiqib ketişi bilan boşqa donor mamlakatlar va moliyaviy xalqaro taşkilotlarning ham iqtisodiy kömagi öz-özidan keskin darajada kamaydi.
















