Ular “Toşkent – Termiz – Mozori-Şarif – Kobul – Peşovar – Karaçi” yönalişi böylab bosib ötilgan yöldagi hadik, çarçoqlar va qiziqarli voqealar haqida sözlab berişdi.

Suhbatdoşlarimiz Dilmurod Normatov va Oybek Begmatov – uzoq yillik tajribaga ega, yuk maşinasi rulida minglab kilometr masofalarni bosib ötgan xalqaro haydovçilardir. Ular ilk safarlarida Pokistondan göşt olib kelişdi.

“Teskari dunyoga tuşib qolgandek böldik”

Dilmurod Normatov:

— 1992 yildan beri yuk taşiş sohasidaman. Pokistonga borib, yukni olib keliş taklifi logistik kompaniyamizning rahbaridan çiqdi. Rahbarimiz ham kapitan Kusto bor-ku, öşanga öxşagan odam, sayohatni juda yaxşi köradi. “Ketdik, öşa yerlar (Afğoniston, Pokiston)ni bir körib kelaylik”, dedi.

Yölni bilmaganingizdan keyin, qisqa bölsa ham uzoq bölib tuyulaveradi-da. Yurmaganmiz, birinçi marotaba. Afğonistonda rivojlaniş oqsagan-da endi, uruş köp bölgan u yerlarda, şuning uçun u yerdagi xalqni tuşunsa böladi, hamma köp narsalardan qörqadi. Talafot bölgan köp joylari bor, biz şu yoşga kirib, bu narsalarni kinolarda körganmiz-da. Lekin tirik körmaganmiz. Haqiqiysini körsangiz, boşqaça böladi.

Çegaradan ötganda bizga ğalati körindi. Umuman, bizning davlatda, boşqa tomonlarda harbiy kiyimni kiygan yoki formasi bor odamlar qurol kötarib yursa, biz bilamiz, bu – çegaraçi, harbiy odam. Qurol uniki. Endi u yerga ötganidan keyin, hamma özining kiyimida, xuddi men kiyib yurgan oddiy kiyimda köçada avtomat bilan yuribman, hammaga ğalati körinadi, bu jinni yoki terrorist deyişadi. Lekin örganib ketdik bunga ham.

Men özimning fikrim, teskari dunyoga tuşib qoldik-da biz.

“GAI” yöq, qonun-qoida yöq”

Oybek Begmatov:

— Belarusda yuk ortib turgan vaqtim, logist qizimiz qönğiroq qilib: “Pokistondan Afğoniston orqali göşt taşimoqçimiz, şu Afğonistonga borasanmi?” deb söradi. Men aytdim: “U yerga odam borganmikan, ötganmikan? Agar ötmagan bölsa, men bormayman”, dedim. Bormayman deganlarning birinçisi menman. Biz 4-5 nafar haydovçimiz, şerigim ham bormayman dedi boşida.