Avvalroq, AQŞ Moliya vazirligi Rossiyaning «Mir» tizimini Qozoğistonda işlaşiga qarşi emasligi haqida xabar berilgan edi.
«Hozirda bu masala örganilmoqda», — deb Özbekiston Markaziy banki vakili sözlarini keltirdi Praym.
Hozirgi vaqtda Özbekiston Markaziy banki «Mir» kartalarini işlaşi böyiça AQŞ Moliya vazirligidan heç qanday hujjat yoki ma’lumot olmagan.
Noyabr oyi boşida Özbekiston Markaziy banki boşqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov jurnalistlarga mamlakat tijorat banklari «Mir» kartalariga xizmat körsatişda xatarlarni körayotgani, hozirça ularni qabul qilişni qayta boşlaş haqida gap yöqligini aytgandi.
23 sentabrdan boşlab Uzcard yagona respublika protsessing markazi texnik sabablarga köra Rossiyaning «Mir» tölov tizimi kartalarini Özbekistonda, şu jumladan, kobeyjing kartalarini xorijda qabul qilişni töxtatdi. Biroq, Uzcard – Mir kobeyjing kartalari Özbekistonda odatdagidek işlayapti.
AQŞ Moliya vazirligi «Mir» tölov tizimi bilan işlaganligi uçun sanksiyalar qöllaşga tayyorligini e’lon qilganidan söng, Turkiya, Vetnam, Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va Tojikiston kabi köplab mamlakatlarda Rossiya kartalaridan foydalaniş bilan boğliq muammolar yuzaga kelgan edi.













