Argentinaliklar xorvatlarni yirik hisobda mağlub etdi va jahon çempionatining ilk finalçisiga aylandi.

JÇ-2022. Yarimfinal, 13 dekabr, «Lusayl»
Argentina — Xorvatiya 3:0
Gollar: Messi (34, penalti), Alvares (39, 69).
Argentina – Emiliano Martines, Molina (Foyt, 86), Otamendi, Romero, Talyafiko, De Paul (Palasios, 74), Mak Allister (Korrea, 86), Paredes (Lisandro Martines, 62), Fernandes, Messi, Alvares (Dibala, 74).
Xorvatiya – Livakoviç, Yuranoviç, Lovren, Gvardiol, Sosa (Orşiç, 46), Modriç (Mayyer, 81), Kovaçiç, Brozoviç (Petkoviç, 50), Perişiç, Paşaliç (Vlaşiç, 46), Kramariç (Livaya, 72).
Ogohlantirişlar: Livakoviç (32), Kovaçiç (32), Romero (68), Otamendi (71).

Argentina va Niderlandiya örtasidagi çorakfinal öyini atrofidagi mojaro yarimfinal arafasida ham sönmagandi. Doimo diplomat bölgan Lionel Skaloni öz futbolçilari manziliga bildirilgan tanqidlarni adolatsiz deb atadi: «Biz yutqazişni ham, ğolib bölişni ham bilamiz. Saudiya Arabistoniga yutqazganimizda biz biror söz aytmagandik. Ötgan yili biz finalda Braziliyani mağlub etgandik, öyindan keyin esa Messi, Neymar va Paredes iştirokida ajoyib sport lahzasi röy bergandi».

Xorvatiya bilan öyin arafasida esa tomonlar bir-biriga hurmat bilan munosabatda bölişdi. «Şaşkaçilar» boş murabbiyi Zlatko Daliç Messini zararsizlantiriş imkoniyatlarini muhokama qila turib, köp vaqtni argentinaliklar sardoriga maqtov yoğdirişga sarfladi. Skaloni esa futbolni yoqtiradiganlarning barçasi maydonda Modriç kabi futbolçilarni körişni istaşi haqida gapirdi. Garçi köplab argentinaliklarda «Real» yarimhimoyaçisining 2018 yilgi mundial guruh bosqiçida urgan goli yoqimsiz xotiralar qoldirgan bölsa-da, öşanda Xorvatiya 3:0 hisobida ğolib kelgandi.

Lekin hamişa bugungi kun muhim hisoblanadi, Skaloni esa tarkib bilan boğliq navbatdagi jumboqni yeçişi talab etilardi, u De Paul va Di Mariyaga maydonda qança vaqt beriş masalasini hal etişi kerak edi. Amerika Kubogi finalidagi «oltin» gol muallifi turnir boşidan buyon biror öyinda töliq iştirok etmagandi, qanotlardagi Montiel va Akunya diskvalifikatsiyaga uçragandi (sariq kartoçkalar) va tört himoyaçidan iborat sxemaga qaytildi, bularning bari qöşimça havbek — Paredes uçun yöl oçdi.