Ispaniyaning Barselona şahridagi Pompeu Fabra universiteti, Global soğliqni saqlaş instituti va Biotibbiyot tadqiqotlari instituti olimlarining aniqlaşiça, yirik şahar aholisining ruhiy salomatligi atrof-muhitning kökalamzorlaştiriş darajasiga boğliq. Uning aniq formulasi 3/30/300 körinişida.
3 – derazadan qaraganda körinib turadigan daraxtlar soni. Ular 15 metrdan uzoq bölmagan masofada turişi kerak.
30 foiz – aholi yaşaydigan mikrohududning kökalamzorlaştiriş darajasi, bu maysazorlar, gulzorlar, yaşil tösiqlar, ösimliklarga burkangan devorlar va daraxtlar bölişi mumkin.
300 metr - eng yaqin park, xiyobon yoki yaşil maydongaça bölgan masofa.
Agar uçta parametr ham bajarilsa, bu ruhiy salomatlik uçun juda yaxşi hisoblanadi. Bunday omadli odamlar ruhiy jihatdan soğlomroq, tinçlantiruvçi dorilar va antidepressantlarni kamroq qabul qilişadi va psixologlarga kamroq murojaat qilişadi.
Mualliflarning ta’kidlaşiça, bu ilk tadqiqot va hozirça u faqat Barselona şahri misolida olib borilgan. Körinib turibdiki, bu faqat şaharliklar uçun amal qiladi, qişloqda şartlar butunlay boşqaça. Aslida, tadqiqotning maqsadi ham şahardagi muhitni qanday taşkil qiliş haqida bölgan.

















