Soğliqni saqlaş vazirligi yangi yil bayrami arafasida paqildoqlar mavsumi boşlanib ketganiga e’tibor qaratib, uning oqibatlaridan ogohlantirdi.
«Qonuniy taqiqlarga qaramay, bunday mahsulotlarni sotişga urinayotganlarning yagona dardi — pul işlaş.
Öyinqaroq bolalar-u ösmirlar esa pirotexnikaning özi va yon-atrofdagilarga ziyonidan yetarliça xabardor emas», deyiladi xabarda.
Tibbiyot xodimlarining ogohlantirişiça, bunday vositalarning bexosdan qattiq paqillaşi kişilarni çöçitib, yurak-qon tomir tizimiga öta salbiy ta’sir körsatadi. Uşbu holat fojiali ölim bilan ham yakun topişi mumkin.
- Yuz, köz, qöl sohalarida oğir kuyiş jarohatlari;
- közlar şikastlanişi va köriş faoliyati qisman yoki butunlay buzilişi;
- jarohat asorati bilan boğliq plastik operatsiyalarga muhtojlik, kuygan sohalarda dağal çandiqlar;
- qöl barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bölişi «paqildoq» va salyutlarning salbiy oqibatlaridir.
Pirotexnika vositalari şovqinidan qattiq qörqiş tufayli:
- ruhiy buziliş;
- surunkali asab va qon-tomir tizimi kasalliklari;
- qandli diabet;
- homilaga ziyon yetişi ehtimoli yuqori.
«Yaqin masofada pirotexnika paqillaşidan inson barotravma va akustik jarohatlar olib, karlik yoki umrbod quloq şanğillaşi (tinnitus) kasalligiga yöliqişi mumkin.
Şu bois, Soğliqni saqlaş vazirligi ota-onalar va jondan aziz farzandlarimizni yana bir bor ehtiyotkorlikka çaqiradi», deyiladi vazirlik xabarida.

















