Bugun, 15 dekabr kuni Toşkent tibbiyot akademiyasida pediatriya sohasidagi muammo va takliflarni örganiş maqsadida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi. Unda Rossiya, Qozoğiston, Litva, Hindiston hamda respublikamizdagi tibbiyot oliygohlaridan bolalar kasalliklari böyiça yetuk mutaxassislar iştirok etdi.
Ta’kidlaş joizki, Toşkent Tibbiyot Akademiyasining yoş mutaxassislari, magistr va klinik ordinatorlari, ilmiy xodim va tibbiyot oliygohlarining yuqori kurs talabalari uçun bu konferensiyaning ahamiyati katta. Yiğilişda bolalar kasalliklarining dolzarb muammolariga doir turli qaraşlar, bolalar şifokorligi yönalişida mutaxassislar yetişmasligi, zamonaviy diagnostika böyiça kadrlarga ehtiyoj masalasi muhokama qilindi.


Ma’lumotlarga köra, ayni kunda respublika böyiça jami pediatriya muassasalari soni 117ta bölib, ajratilgan pediatr ştati 4326ta, hozirgi kunda band bölgan ştat 3494 stavkaga töğri kelmoqda. Unda 2078ta vraç pediatr işlamoqda, pediatriya sohasi kadrlar tanqisligi yuqoriligi, pediatriya ixtisosligi böyiça kadrlar tayyorlaş zarurligini körsatadi. Ba’zi bir hududlarda pediatr şifokorlar yetişmasligi kuzatiladi.

Anjumanda Toşkent tibbiyot akademiyasining oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri yangi oçilgan pediatriya fakultetining imkoniyatlarini oşiriş, pediatrlar tayyorlaş uçun professor-öqituvçilar ilmiy salohiyatini oşiriş, moddiy –texnik bazasini yaxşilaş ustida iş olib borişga kelişib olindi.

Toşkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.
















