Kun.uz'ning “Hayotiy hikoyalar” ruknida köp yillar tuğuruqxonada işlagan oliy toifali akuşer-ginekolog kasbidagi aççiq haqiqatlar haqida gapirib berdi.

Qiz tuğgan aybdormi?

Köp yillar tumanimizdagi tuğuruqxonada işladim, hozir pensiyadaman. Kasbim taqozosi bilan ayollarda istalmagan homiladorlikni töxtatiş uçun abort holatlariga ham qöl urganmiz.

Tumanimizdagi juda köpçilikning dunyoga kelişiga guvoh bölganman. Bir köçada yaşaydigan qöşnim bilan bölgan holat heç esimdan çiqmaydi. Yoş oilada ketma-ket ikki qiz farzand dunyoga keldi. Şundan keyin ayolning fikri-zikri faqat öğil farzand köriş, turmuş örtoğini xursand qilişdan iborat bölib qoldi. Qabulimga kelib öğil köriş uçun nima qiliş mumkinligi haqida sörardi. Könglini kötarib hali qatorlaştirib öğillar körişini aytsam, mahzun xörsinib qöyardi. Turmuş örtoği öğil körişni xohlayotganini, oşnalarining xotinlari öğil tuğganda uyida janjal bölganini aytdi.

Ayol nimjon, ustma-ust tuğuruqlardan keyin hali tiklanişga ulgurmagan, kamiga kamqon edi. Bunday vaziyatlarda biz şifokorlar ularga hammasini tuşuntiramiz. Lekin köpinça gaplarimiz ular ostona hatlab uyga kirgan zahoti unutiladi. Çunki oilada köp narsa er-xotinning özaro hamfikrligi, bir-birini qöllab-quvvatlaşiga boğliq.

Afsuski, qöşni kelin şundan keyin tez orada yana homilador bölgan ekan. Yana qiz kördi. Xullas, har safar “bunisi öğil böladi” degan öy bilan tuğilgan uç qizning orasi bir yoşdan, tez-tez kasal bölişadi. Onaning ahvoli undan ham battar. Uçinçi qiz farzanddan keyin onaning salomatligida jiddiy özgarişlar kuzatila boşlandi.

Uç farzandni 9 oydan vujudida kötariş, oğir tuğuruqlar, tuğuruqdan keyin çaqaloq bir yoşga kirmasdan keyingi homiladorlik – bular hammasi uning organizmini haddan taşqari zöriqtirgan edi. Lekin şunga qaramay durustroq davolaniş haqida öylamasdi. Qiz tuqqani uçun özini aybdor hisoblar edi.

Qiz uçun söyilmagan qöçqor

Vanihoyat ayol törtinçi farzandiga homilador böldi. Er-xotin umid bilan öğil kutardi. Ultratovuş tekşiruvlarida bolaning jinsini öğil deyişgan ekan. Ulardan baxtiyor odam yöq edi. Çaqaloq tuğilsa söyiladigan qöçqorgaça, ismigaça tayyor, faqat öğilning dunyoga kelişi kutilayotgandi. Taqdirni qarangki, yana qiz tuğildi. Ota sökingança çiqib ketdi, ona yiğlagança qoldi. Ular uçun dunyodagi eng katta fojia boşlariga tuşganday, oilada yangi çaqaloq emas, katta kulfat tuğilganday edi.