Rossiyada gripp bilan kasallanish yil davomida 11 barobarga oshdi
Rossiyaning 82 ta hududida «cho‘chqa grippi» aniqlangan. Germaniyada ham gripp bilan kasallanish oxirgi haftada keskin oshgan.
Rossiyada gripp bilan kasallanish yil davomida keskin oshdi: 2021 yilga nisbatan kasallanganlar soni 11 martaga ko‘paydi, deb xabar berdi RBK agentligi 15 dekabr, payshanba kuni Rospotrebnadzorga tayanib. Idoradan ta’kidlanishicha, joriy yilning yanvar-fevral oylarida gripp bilan kasallanish har 100 ming aholiga 7,87 tani tashkil etgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich har 100 ming aholiga 0,71 darajasida edi.
Rospotrebnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, dekabrgacha 74 million rossiyalik grippga qarshi emlangan bo‘lsa, o‘tgan yilning dekabrida 85,9 million, 2019 yil dekabrida esa 73,9 million kishi emlangandi. Ushbu haftada idora so‘nggi yetti kun ichida Rossiyada O‘RVI va gripp bilan kasallanish 35,4 foizga oshgani haqida xabar berdi. Kasallanganlarning eng ko‘pi Tyumen, Yoqutiston, Astraxan, Komi, Xanti-Mansiysk, Buryatiya, shuningdek, Kostroma va Vologdada qayd etildi.
Rossiyaning 82 ta hududida «cho‘chqa grippi» aniqlangan. Bundan tashqari, Rossiyada 13 dekabr holatiga ko‘ra, o‘tgan haftaga nisbatan 11 foizga ko‘p – 48 mingta koronavirus infeksiyasi holati qayd etilgan.
Shu bilan birga, Germaniyada Robert Kox instituti (RKI) ham o‘tgan hafta gripp bilan kasallanishning keskin o‘sishini qayd etdi - kasallikning 44 300 ga yaqin holatlari laboratoriya tomonidan tasdiqlangan, bu bir hafta oldingiga nisbatan 58 foizga ko‘p. Bemorlarning deyarli to‘qqiz foizi kasalxonaga yotqizilishi kerak bo‘lgan.
RKI tomonidan 14 dekabr kuni e’lon qilingan xulosaga ko‘ra, oktyabr oyi boshidan buyon Germaniyada 227 ta gripp tarqalishi qayd etilgan bo‘lib, bunda beshtasida kasallanish holatlari qayd etilgan, ulardan 81 tasi maktablarda, 79 tasi bolalar bog‘chalarida kuzatildi. 64 kishi gripp infeksiyasi oqibatlaridan vafot etdi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi davom etadi
O‘zbekiston | 13:21
-
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
O‘zbekiston | 13:15
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
Mavzuga oid

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

20:42 / 27.03.2025
Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi

11:06 / 27.03.2025
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 askar yubordi

09:00 / 27.03.2025