USAID O‘zbekistonga 5 ta sohada ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) boshqaruvchisi Samanta Pauer va USAID boshqaruvchisi o‘rinbosari Izabel Kolman bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
O‘zbekiston va USAID o‘rtasidagi hamkorlik bugungi holati va istiqbollari, ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida USAID rahbari 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi. Bu borada USAID o‘z sa’y-harakatlarini AQSh xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bilan yaqindan muvofiqlashtirishi ma’lum qilindi.
USAID rahbari O‘zbekiston hukumati davlat boshqaruvi ochiqligi va so‘z erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida olib borayotgan amaliy qadamlarini olqishladi. Mazkur yo‘nalishdagi islohotlar siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayot muhim masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonlarida jamiyat manfaatlarini keng hisobga olishga yordam berishi ta’kidlandi.
USAID rahbari o‘rinbosari Izabel Kolman agentlik moliyaviy-texnik ko‘mak loyihalarini O‘zbekiston taraqqiyoti ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda amalga oshirishda davom etishini qayd etdi.
USAID rahbariyati energetika sohasini modernizatsiya qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish, suv xo‘jaligini rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish va mamlakat barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida USAID imkoniyatlarini kasb-hunar va texnik ta’lim tizimiga jalb etish muhimligi alohida qayd etildi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
-
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?
Jahon | 23:09 / 17.04.2025
-
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
Jahon | 23:07 / 17.04.2025
-
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi
Jahon | 22:40 / 17.04.2025
Mavzuga oid

21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi

00:27 / 29.03.2025
AQSh Davlat departamenti Kongressni USAID tarqatib yuborilishi haqida xabardor qildi

00:55 / 28.03.2025
Tramp ma’muriyati Suriyadagi «Oq kaskalar» tashkilotini moliyalashtirishni qisman to‘xtatdi

09:22 / 19.03.2025