Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) poytaxti Bangi şahrida «Russkiy dom» madaniy markazi rahbari Dmitriy Sitiyga suiqasd uyuştirildi.
«Xalqaro xavfsizlik böyiça ofitserlar hamdöstligi» taşkiloti xabariga köra, unga bomba solingan jönatma yuborilgan.
«Bugun Bangi şahrida Rossiya gumanitar missiyasiga qarşi terakt sodir etildi. «Russkiy dom» rahbari Dmitriy Sitiy qölida bomba solingan jönatma portladi», deyiladi xabarda.
Sitiy şifoxonaga yotqizilgan, şifokorlar uning hayoti uçun kuraşmoqda.
Xabarga köra, suiqasddan oldin Dmitriy Sitiy agar Rossiya MAR bilan hamkorlikni töxtatmasa, özi va oilasi öldirilişi haqidagi tahdidli xatlarni olgan.
Rossiya TIV hodisani «terakt» deb atadi.
«Biz Bangi şahridagi «Russkiy dom» faoliyatiga tösqinlik qiliş, kengroq aytganda, mamlakatlarimiz örtasidagi döstona munosabatlarning muvaffaqiyatli rivojlanişiga zarar yetkazişni maqsad qilgan uşbu jinoiy harakatni keskin qoralaymiz», deyiladi bayonotda.
Dmitriy Sitiy 2018 yildan beri Markaziy Afrika Respublikasida işlayapti. U rahbarlik qilayotgan «Russkiy dom» madaniyat markazi Rossiya va MAR örtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan dasturlarni amalga oşirişi aytilgan. Biroq, Sitiy Yevgeniy Prigojin tomonidan asos solingan «Vagner» XHK xodimi bölişi mumkin. AQŞ va Yevropa Ittifoqi bu kompaniyani Afrikadagi bir qança jinoiy harakatlarda, jumladan qotillik va zöravonlikda ayblamoqda. 2020 yilda Sitiy AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritilgan edi.












