Qonunçilik palatasida “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolaş töğrisida”gi qonunga özgartişlar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi körib çiqildi.
Narkologik yordam töğrisidagi qonunçilikka muvofiq, narkologik kasallikka çalingan şaxsni majburiy davolaşga yuboriş töğrisidagi materiallar narkologiya muassasalari, narkologik kasallikka çalingan şaxs oila a’zolari yoki qarindoşlari iltimosnomalari asosida içki işlar organlari tomonidan tayyorlanadi va rasmiylaştiriladi.
Fuqarolar xavfsizligi va soğliğiga tahdid solayotgan yoxud jamoat tartibini, boşqa şaxslar huquqlarini buziş, psixoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatida ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etiş holatlari barvaqt oldini olişda içki işlar organlari faoliyati samaradorligini oşiriş maqsadida qonun loyihasi bilan narkologik kasallikka çalingan şaxsni majburiy davolaşga yuboriş töğrisidagi materiallarni içki işlar organlari taşabbusi bilan ham rasmiylaştiriş belgilanmoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinişi narkologik kasallikka çalingan şaxsni içki işlar organlari xodimlari ham taşabbusiga köra, majburiy davolaşga yönaltiriş, tibbiyot muassasasiga joylaştirişgaça töplanadigan materiallarni tarqoq holda emas, balki markazlaşgan holda tibbiyot muassasalaridan olişi, sud majlislarini video-konferens-aloqa rejimida ham körib çiqilişi orqali şaxsni davolanişga yuborişgaça bölgan vaqtni qisqartirişga xizmat qiladi.
















