Germaniya huquq-tartibot idoralari 2019 yilda Drezdenda öğirlab ketilgan «Yaşil ombor» xazinasining bir qismini topişga muvaffaq bölişdi.  

Drezden va Saksoniya huquq-tartibot idoralari xodimlari şanbaga ötar keçasi Berlinda 31 ta buyum, jumladan, bir neçta brilliant bezaklarni topgan. 

2019 yil 25 yanvar kuni Drezdendagi maşhur «Yaşil ombor» xazinasi öğirlab ketilgan, zarar 1 milliard yevroni taşkil etgan edi.  

Jinoyatçilar binodagi elektr quvvatini öçirib, deraza orqali kirib, noyob taqinçoqlarni olib ketişgan. Qaroqçilar jinoyat joyini tezda tark etişgan. Ular qimmatbaho vazalar va rasmlarga tegmasdan, faqat 4300 ta brilliant örnatilgan zargarlik buyumlarini olişgan. Öğrilik Germaniyaning uruşdan keyingi tarixidagi eng kattasi sifatida qayd etilgan edi.