Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda gender tenglik bo‘yicha tajriba markazi tashkil etiladi
Senat raisi Tanzila Norboyeva «BMT-ayollar» tuzilmasi vakili Ulziysuren Jamsran bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va «BMT-ayollar» tuzilmasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish, tashkilot mamlakatdagi faoliyatini faollashtirish, kelgusida uning gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan ilg‘or tajriba markazini O‘zbekistonda tashkil etish va boshqa istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Ulziysuren Jamsran O‘zbekiston jahon hamjamiyatida gender tenglikni ta’minlashda eng faol davlatlardan biri sifatida aniq chora-tadbirlarni, 2021 yilda tasdiqlangan 2030 yilgacha bo‘lgan gender tenglikka erishish bo‘yicha Strategiyani amalga oshirayotganini ta’kidladi. Hamkorlikning yangi yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surib, buni O‘zbekiston xalqaro maydonda ham ilg‘or tashabbuslarni ilgari surgan holda barchaga namuna bo‘ladigan standartlarni joriy qilayotgani bilan izohladi.
Yuqoridagi fikrlar kelib chiqib, Toshkent shahrida ilg‘or tajriba markazini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Bu markaz O‘zbekiston tajribasini global miqyosda ilgari surishga xizmat qilishi alohida e’tirof etildi.
Mavzuga oid
17:52 / 20.02.2026
Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi
11:22 / 11.12.2025
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori belgilandi
23:42 / 16.10.2025
O‘zbekistonda ayollar erkaklardan ko‘proq umr ko‘rishi ma’lum bo‘ldi
13:58 / 03.02.2025