Bugun, 19 dekabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda elektromobillarni ommalaştiriş böyiça ikkita qarorni imzoladi.
Unga köra, 2030 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda işlab çiqarilgan elektromobillar utilizatsiya yiğimidan, ularning butlovçi qismlari, jihozlar, xomaşyo materiallari va servis xizmat körsatiş uçun ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod etildi.
Investorlarga işlab çiqariş jarayoni özlaştirilgunga qadar (24 oygaça) yiliga 10 ming donadan (işlab çiqariş quvvatlarining 50 foizidan) köp bölmagan elektromobillarni maşinokomplekt (SKD) yoki tayyor avtomobil (CBU) holatida bojxona boji va utilizatsiya yiğimi tölamasdan olib kirişga ruxsat berildi.
Respublikada işlab çiqarilgan elektromobillarni sotib olişga olingan 360 mln sömdan köp bölmagan kredit foizlarining 15 foizdan oşgan, biroq 10 foiz punktidan oşmagan qismi qoplaş uçun kreditning dastlabki 36 oyida davlat budjetidan kompensatsiya tölanadi.
2030 yil 1 yanvarga qadar elektromobillarda yölovçi taşiş xizmatlarini körsatuvçi şaxslar litsenziya uçun davlat bojidan ozod etildi.
2023–2025 yillarda davlat boşqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va davlat uluşi 50 foizdan köp bölgan korxonalar tomonidan elektromobillar xarid qilinişi böyiça maqsadli parametrlar tasdiqlanmoqda.
2023 yil 1 yanvarga qadar mis klasterlarida elektromobillar va quvvatlantiriş stansiyalari uçun butlovçi qismlar, şuningdek quvvatlantiriş stansiyalarining zamonaviy turlarini işlab çiqariş dasturi tasdiqlanadi.
Elektromobillar, ularning butlovçi qismlarini işlab çiqariş böyiça xalqaro standartlarni, şuningdek, Yevropa, AQŞ va Xitoy kabi davlatlar organlari tomonidan berilgan

















