Belarus poytaxti Minsk şahrida keng tarkibda Belarus-Rossiya muzokaralari ötkazildi. Tadbir yakunida ikki mamlakat rahbarlarining muloqoti bölib ötdi.

Suhbatni Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko boşladi.

U taşrif buyurgan delegatsiyaga minnatdorçilik bildirdi va Belarus-Rossiya aloqalarining mustahkamlanişi dunyodagi vaziyatning özgarişiga tabiiy javob bölgani, bunda ikkala tomon ham sinovdan ötayotganini, savdo munosabatlari muntazam ösib borayotganini ta’kidladi. Şuningdek, ikki davlatning sönggi paytlardagi muntazam uçraşuvlari Ğarbni xavotirga solayotganini eslatdi.

«Işonamanki, ba’zi qöpol qirralarga qaramay, biz hali ham turli çaqiriq va tahdidlarga samarali javob topamiz. Davlatlarimizning yanada yaqinroq integratsiyalaşuvi böyiça qabul qilingan qarorlar har qanday pandemiya, inqiroz yoki sanksiyalarni birgalikda yengib ötiş mumkinligini butun dunyoga yana bir bor namoyon etmoqda», dedi Lukaşenko.

Şu bilan birga, Belarus rahbari har ikkala mamlakat boşqa davlatlar, jumladan, Yevropa davlatlari bilan muloqotga oçiq ekanini, tez orada ular aqlga quloq tutişidan umidvor ekanini ta’kidladi.

«Har qanday holatda Sovet Ittifoqi parçalanganidan keyin qilingan xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Şu tufayli ustuvor vazifamiz - nozik iqtisodiy masalalarni hal etiş, ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oşirayotgan islohotlarimizni qöllab-quvvatlaş», dedi Lukaşenko.

Belarus rahbari birgalikdagi harakatlar tufayli sanksiyalar bosimining salbiy oqibatlari yengib ötilganini, Belarus va Rossiya ittifoqi dasturlari böyiça yaxşi iş ketayotganini, barça sohalarda ma’lum yutuqlar bölsa-da, hozirça hammasi öz samarasini bergani yöqligini, bu esa taraqqiyotni orqaga surayotganini aytdi.

«Hukumatlar, siz va mensiz, Vladimir Vladimiroviç, muayyan masalalarda kelişuvga erişiş mumkin emas, deb hisoblamoqda. Bugungi uçraşuvimizning sababi ham şu. Mayli, keling, yana bir bor muammolarni batafsil muhokama qilaylik, kerak bölsa, tegişli siyosiy qarorlar qabul qilaylik», deb xulosa qildi Lukaşenko.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbiga minnatdorçilik bildirdi.

U Rossiya bilan Belarus sönggi paytlarda xavfsizlik masalalariga, xalqaro maydondagi hamkorlikka katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

«Belarus nafaqat sönggi ön yilliklar davomidagi yaxşi qöşnimiz, balki töliq ma’noda ittifoqçimiz», dedi Putin.