Vazirliklarning bo‘sh turgan obektlari ular roziligisiz savdoga chiqariladi
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlarini ular roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizom vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan, 3 oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlarini (bundan ijtimoiy soha obektlari mustasno) ular roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibini belgilaydi.
Ijaraga beruvchi tomonidan obektlarni aniqlash maqsadida doimiy ravishda xatlov o‘tkaziladi. Xatlov davomida aniqlangan obekt 1 ish kuni ichida axborot tizimiga kiritiladi. Ijaraga beruvchi obekt haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida obekt balansda saqlovchisiga ogohlantirish xati yuboradi.
Unda balansda saqlovchi tomonidan obektdan 3 oy muddatda samarali foydalanilishi hamda bu haqda ijaraga beruvchiga ma’lumot taqdim etilishi, ushbu talabga rioya qilinmagan taqdirda, obekt belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ijaraga berish yoki sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi ko‘rsatiladi.
Obektni sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risidagi qaror quyidagilar tomonidan qabul qilinadi:
- binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan va strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan obektlar bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
- binolari va inshootlari umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, ammo 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan va strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan obektlar bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari;
- binolari va inshootlari umumiy maydoni 5 000 kvadrat metrdan ortiq va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obektlar bo‘yicha – prezident, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google’ning Gemini sun’iy intellekt servisi barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘ldi
Jahon | 22:44
-
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 22:12
-
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda
Jahon | 21:50
-
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

08:00 / 30.10.2024
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda

07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti

11:41 / 13.09.2024
Yana uchta vazirlikning 100 dan ortiq boshqaruv xodimlari tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi

15:06 / 09.09.2024