Uçraşuvda BMT boş kotibi örinbosariga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 13 oktabr kuni Osiyoda özaro hamkorlik va işonç çoralari böyiça VI sammitda ilgari surilgan BMT şafeligida Afğoniston böyiça xalqaro muzokaralar guruhini taşkil etiş böyiça taşabbus mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Rozmari DiKarlo Özbekiston prezidentining Afğoniston masalalari böyiça keng kelişuvga erişiş va global miqyosda amaliy çoralar körişga qaratilgan taşabbusini olqişladi. U Özbekistonning Afğoniston masalasini hal qiliş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Taşkilotga a’zo davlatlar örtasida mazkur muhim taşabbusni faol ilgari suriş, yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini şakllantiriş konseptual va huquqiy asoslarini imkon qadar tezroq şakllantiriş böyiça birgalikda işlaşga tayyorligi tasdiqlandi.
Rozmari DiKarlo Özbekiston taşabbusining amalga oşirilişi Afğonistonda inson huquqlarini himoya qiliş, inklyuziv hukumatni şakllantiriş va boşqa sohalarda xalqaro hamjamiyatning talablari röyobga çiqişiga yordam berişiga umid bildirdi.












