Parkentda noqonuniy kesilgan daraxtlar uchun tuman obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Tuman obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i va boshqalarning mas’uliyatsizligi ortidan o‘simlik dunyosiga 587 mln 503 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani “Krasnogorsk” qo‘rg‘onida bir necha yillik daraxtlar kesib tashlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holatni Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, Parkent tumani obodonlashtirish bo‘limi tomonidan DXAga 2022 yil 25 oktabr kuni yo‘llangan arizada quriyotgan yoki qurib qolgan 6 tup yovvoyi olma, 16 tup terak, 12 tup Zarafshon archasi, 25 tup past bo‘yli qayrag‘och, 8 tup shumtol, 6 tup zarang bargli chinor daraxtlarini kesishga ruxsat so‘ralgan.
Biroq “Krasnogorsk” qo‘rg‘oni hududidagi Oydin, Toybuloq, Said ota, Fayzobod mahallasi hududlari ko‘zdan kechirilganida 57 tup ko‘p yillik sog‘lom daraxtlar tag qismidan noqonuniy kesilgani aniqlangan.
Toshkent viloyat prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Parkent tumani obodonlashtirish bo‘limi tomonidan tumanning “Qizil tog‘” MFY hududidagi qurib qolgan daraxtlarni kesish yuzasidan DXAga elektron shaklda murojaat qilingan.
Ammo jarayonda Parkent tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va boshqa mas’ullar mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan. Oqibatda ruxsat berilgan daraxtlardan tashqari 7 tup daraxt ham kesilgan va o‘simlik dunyosiga 587 mln 503 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Parkent tumani obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:18 / 15.11.2024
Yangiyo‘lda 5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazdi
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
17:40 / 08.11.2024
“Dunyodagi daraxtlarning 38 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida” – IUCN
20:35 / 07.11.2024