Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytişiça, Ukrainada özini rus dunyosining bir qismi deb hisoblaydigan xalqqa qarşi çiqiş mumkin emas. Ammo unga qarşi «uruş boşlangan», Rossiya bunga uzoq vaqt «çidab kelgan». 

«Ular maydalab taşlaşga urinişadi, biz esa birlaştiramiz. Bizdan boşqa heç kim rus xalqining birlaşişini xohlamaydi. Biz esa buni qilamiz. Oxiriga yetkazamiz», dedi Putin. 

Vladimir Putinning fikriga köra, «ajratib taşla va hukmronlik qil» tamoyili hali ham siyosatda faol qöllanadi. 

«Bizning ehtimoliy raqibimiz, raqiblarimiz doim şu haqda orzu qilgan va şu iş bilan şuğullangan. Ular bizni bölib taşlab, söng alohida qismlarni boşqarmoqçi bölişgan», — dedi Putin. 

21 dekabr kuni Vladimir Putin Ukraina xalqini hamon qardoş deb hisoblaşini aytdi. Uning fikriça, xorijiy davlatlarning siyosati doimo «rus dunyosi»ni parçalaşga qaratilgan.