Rossiyadagi ovqat yetkazib beriş böyiça yetakçi servis hisoblangan «Yandeks Yeda» xizmati xodimlari Moskva hamda Sankt-Peterburgda 20-25 dekabr kunlari iş taşlaş qilişdi. Ular iş haqlari keskin tuşib ketgani va mehnat şartnomasisiz işlayotganidan norozi bölgan.

Umumiy hisobda 600 nafargaça kurer Rossiyaning ikki yirik şahrida işga çiqmagani aytilmoqda. Kompaniya matbuot xizmati mijozlardan heç qanday e’tiroz tuşmaganini ma’lum qilgan, ammo işçilar buning teskarisini aytmoqda.

Nimadan boşlandi?

20 dekabr kuni «Kurer» kasaba uyuşmasi iş taşlaş bölişi haqida e’lon qildi. Bu norozilik aksiyasi davomida «Yandeks Yeda» işçilarini nafaqat işga bormay, buyurtmalarni yetkazib bermaslik, balki restoranlarga borib kassada sun’iy navbatlarni keltirib çiqarişga çorlaşdi.

Kasaba uyuşmasi vakilining «Bolşoy gorod» naşriga ma’lum qilişiça, muammo «Yandeks» raqobatçisi «Delivery Club» ovqat yetkazib beriş xizmatini sotib olganidan boşlangan. «Yandeks Yeda» ovqat yetkazib beriş bozorida asosiy öyinçiga aylangaç, kurerlarning xizmat haqi kamayib ketgan.

«Bu kamsitadigan darajada kam»

Ma’lum bölişiça, oxirgi özgarişlardan keyin kurerlar Moskva va Peterburgda har bir buyurtmani yetkazib beriş uçun minimal 70 rubl ola boşlagan, hududlarda bu raqam 50 rublgaça tuşib ketgan. Avval esa har bir buyurtma uçun kurerlar 110 rubl olgan.

«Bu kamsitadigan darajada kam pul, uni işlaş uçun kurer noqulay havoda ham katta masofani bosib ötişi kerak. Agar rejalaştirilgan vaqtda buyurtma oliş davomida yana bitta qöşimça buyurtma olmasa, kurer şu pulni ham ololmasligi mumkin», deydi naşr bilan suhbatda kasaba uyuşmasi faollaridan biri.

Iş taşlaşda qatnaşgan kurerlar quyidagilarni talab qilmoqda:

  • Har bir buyurtma uçun 110 rubl tarifini qaytariş;
  • Yetkazib beriş hududini 2 kilometrgaça kamaytiriş;
  • Jarimalarni bekor qiliş;
  • Bir vaqtning özida bir neçta buyurtmani yetkazib beriş uçun kurerning roziligini oliş va ular uçun töliq haq tölaş;
  • Kurer 20 daqiqagaça kutib qolgan taqdirda qöşimça haq tölaş;
  • Buyurtmani avtomatik qabul qiliş funksiyasini bekor qiliş;
  • Majburiy mehnat şartnomasi joriy qiliş.