Yangi dvigatellar Asakadagi UzAuto Motors zavodida işlab çiqariluvçi Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker avtomobillariga örnatiladi.
Bugungi kunda UzAuto Motors Powertrain — MDHdagi içki yonuv dvigatellarini ham bir joyda quyib ham yiğişga möljallangan yagona zavod. Bu Özbekistonda sanoat çiqindi suvlarini teskari osmos usulida çuqur tozalaş tizimidan foydalanadigan bittayu bitta zavoddir.
Işlab çiqariş liniyasidan unçalik uzoq bölmagan masofada işga tuşiriş timsoli sifatida qöyilgan tugma örnatildi. Tadbir mehmonlari Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker avtomobillari işlab çiqarilişi bilan tanişişi va körgazma uçun qöyilgan dvigatellarni turli burçaklaridan kuzatişlari mumkin edi.


Taklif qilingan yetakçi OAV vakillari, blogerlar va zavod hamkorlari katta qiziqiş bilan uşbu liniyaning işga tuşirilişi haqidagi kiçik filmni tomoşa qilişdi.
Tugmani bosiş imkoniyati korxona Boşqaruv direktori Saidazim Ğulomov va poytaxtning Sergeli tumani hokimi Elbek Şukurovga taqdim etildi. Tadbirda sözga çiqqan hokim bu zavodning mamlakatimiz uçun muhim örin tutişini alohida ta’kidladi: - Bizning mutaxassislarimiz ham zamonaviy yangi dvigatellarni işlab çiqarişi insonga ğurur bağişlaydi. Bizning mamlakatimiz xalqaro brendlarning yurtimizga qiziqişini oşiriş, mahalliylaştirişni kengaytirişni ustuvor masalalardan biri deb biladi va bu zavodning oçilişi uşbu soha rivoj topayotganining yorqin misolidir.
Loyiha rahbarlaridan biri hisoblangan Saidazim Ğulomov sözga çiqar ekan, bu zavodni kiçik muddatlarda işga tuşirişda jonbozlik körsatgan mutaxassislarga öz minnatdorçiligini izhor etdi. Bundan taşqari Ğulomov, kompaniya asosiy e’tiborini inson resursiga va xodimlar malakasini doimiy rivojlantirişga qaratişiga alohida urğu berdi.

Yangi liniyada işlaydigan korxona mutaxassislari: GROB, ADT, HOUSEN, FINE, HEXAGON kabi zavod liniyasidagi uskunalarning işlab çiqaruvçilari treninglarida qatnaşdi. Bundan taşqari, mutaxassislar GMS böyiça ham treningda qatnaşgan. (GMS — General Motors'ning xalqaro işlab çiqariş tizimi) Bu dvigatellarning öziga xos xususiyatlari — ular kuçli texnologiyalaştirilganligi, yoqilğini kam sarflaşi va turbinalarga ega ekani.












