Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bank boshqaruvchisi pora bilan ushlandi
Aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Qo‘qon filiali boshqaruvchisi mahalliy xususiy korxonaga ajratilgan kreditdan bo‘lgan 62 million so‘m qarzdorlikni so‘ndirib berish hamda ushbu qarzdorlik bo‘yicha qo‘yilgan taqiq bekor qilinishi uchun MIBga xat qilib berish evaziga fuqarodan 3500 dollar talab qiladi.
U mazkur mablag‘ni olgan vaqtida DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168- (firibgarlik) moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.