Maqolada Xalqaro mehnat taşkiloti  Özbekistonda paxta yetiştirişda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berilgani töğrisida xulosa bergani e’tirof etilgan. Şuningdek Özbekiston dunyoda paxta yetiştiriş böyiça oltinçi örinda turişi, sohada xususiy taşabbuslar bölişi xalqaro standartlar va islohotlarning borişiga yordam berişi ham qayd etilgan.

BCI çop etgan maqolada xalqaro taşkiloti paxta töqimaçilik korxonalariga yaqindan kömaklaşiş maqsadida Özbekistonda “Yaxşilangan paxta” dasturiga işlayotganini ham ta’kidlagan.

Mazkur dasturda iştirok etiş orqali Özbekistonning paxta sanoati mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib çiqiş hamda sohada xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş, tarmoqqa töqimaçilik sanoatidagi xalqaro yirik brend korxonalarining investitsiyasini keng jalb etiş uçun imkoniyatlari kengayadi.

Better Cotton Initiattive özbek paxta sanoatida erilişgan natijalardan taşqari hali oldinda kutilayotgan qiyinçiliklarni ham sanab ötgan: bular kasaba uyuşmalarining samarali faoliyatiga erişiş va mehnat şartnomalarining töğri işlaşini ta’minlaş.

Eslatib ötamiz, şu yilning mart oyida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi özbek paxtasini boykot qiliş töxtatilganini ma’lum qilgandi. Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi 2010 yilda Özbekiston paxtasini boykot qiliş böyiça kampaniya boşlagandi. Boykot mamlakat paxta sanoatida tizimli majburiy va bolalar mehnati bekor qilinişi bilan olib taşlandi.