AQŞda misli körilmagan qahraton sovuq davom etmoqda. Eng köp Buffalo fuqarolari zarar körgan. Favqulodda xizmatlar bunday şaroitda qurbonlar soni ortib borişini ma’lum qilgan.

Turli manbalar qurbonlar soni haqida öz ma’lumotlarini taqdim etgan. NBC telekanali xabariga köra, 41 nafar amerikalik qahraton sabab halok bölgan.

12 ta ştatda ölim holati qayd etilgan, xususan, Nyu-Yorkda ham. Ştatdagi Eri okrugining özida 12 kişi ölgan. Jasadlar maşina içida, köçalarda, uylarda topilmoqda. Qurbonlar orasida 93 yoşli qariya ham bor. Buffalo Niagara aeroporti 27 dekabrgaça yopilgan.

23 dekabrdan buyon hukm sörayotgan qahraton AQŞ tarixida kuzatilmagani aytilmoqda. Joylarda havo harorati -48 darajagaça sovib ketgan. Hozirgaça 12 mingdan ortiq aviareyslar bekor qilingan.


















