AQŞning 12 ştatida ekstremal ob-havo haqida ogohlantirişlar amal qilmoqda.

AQŞ Milliy ob-havo xizmatining ta’kidlaşiça, bunday keng kölamli sovuq oqim kuzatuvlar tarixida birinçi marta yuz bermoqda: deyarli butun mamlakat hududi qişki böron ostida qolgan.

Qor böroni şimolda Kanadadan janubda Rio Grande daryosiga qadar bölgan hududni qamrab olgan. AQŞ va Kanadadagi anomal ob-havo şaroiti oqibatida kamida 62 nafar inson halok böldi.

Böron bir neça kun davom etgan tartibsizliklarga sabab böldi, ammo hozirda elektr energiyasi ta’minoti asta-sekin tiklanmoqda.

Associated Press naşri xabariga berişiça, 18 dekabr kuni tuşdan keyin 200 mingdan kamroq iste’molçi elektrsiz qolgan, bu son böron avjiga çiqqan paytda 1,7 milliondan köproqni taşkil qilgan.

Sinoptiklarning sözlariga köra, qor böroni («siklon bombasi» yoki portlovçi siklon deb ham ataladi) yaqin kunlarda susayişi kutilmoqda. Biroq böron ostida qolgan hududlar aholisiga, agar zarurat bölmasa, safarlarga çiqmaslik tavsiya etilgan.

Eng tragedik vaziyat Nyu-York ştati, xususan, Buffalo şahrida kuzatilgan. Köplab qor böroni qurbonlari aynan şu şahardan.

Ştat gubernatori Keti Xokulning sözlariga köra, Buffalo şahri jangovar harakatlar zonasiga öxşab qolgan.

Buffaloda ob-havo bilan boğliq 28-ölim qayd etildi. Bu AQŞdagi iqlim bilan boğliq ölimlarning teng yarmi. Şahardagi 4 ming aholi elektr energiyasiz qolgan. Hozirça nega aynan bu şahar siklonga kam tayyorgarlik körgani noma’lum.

«Bu ona tabiat bilan uruş va u bor qurollari bilan bizga hujum qilmoqda», deydi ştat gubernatori.

Halok bölganlarning köpçiligi yöl-transport hodisasi qurbonlari. Keskin ob-havo şaroiti tufayli yöllardagi vaziyat ança murakkablaşgan.

Keti Xokulning ta’kidlaşiça, Buffalo aholisi hayot uçun xavfli vaziyatga duç kelgan, çunki köplab tez yordam maşinalari eng köp ariza tuşgan hududlarga yetib bora olmagan yoki özlari qor ostida qolib ketgan.

AQŞ prezidenti Jo Bayden 26 dekabr kuni Nyu-York ştatiga federal yordam körsatişga ruxsat beruvçi favqulodda holatni tasdiqladi.

«Mening yuragim uşbu dam oliş kunlarida yaqinlarini yöqotganlar bilan», deb yozgan AQŞ prezidenti öz Twitter sahifasiga.