Odatda çaqaloqning tanasidagi sariqlik yöqolib borişi kerak, lekin qizaloqning rangi borgan sari sarğayib ketaverdi. Şifokorlarning tavsiyasi bilan buvisi va onasi uni Hindistonga tekşiruv uçun olib ketişdi.

“Kundan kunga ahvoli oğirlaşib boravergaç, qarindoş-uruğdan qarz havola qilib nabiramni Hindistonga olib keldik. Doktorlar tekşirişdi. Analiz natijalariga köra, jigariga keladigan qon tomiri qurib qolgan ekan.

Şuning uçun bolam beçora sarğayib ketgan ekan. Doktorlar tezda jigar köçirib ötkazmasak bölmaydi, deyişyapti. Endi ilojsizlikdan nima qilişni bilmay ötiribmiz”, deydi buvisi köz yoşlarini tiyolmay.

Qarz-havola qilib özga yurtga şifo izlab borgan yurtdoşlarimiz ön kundan buyon nima qilişni bilmay halak. Uyini sotay desa, uç xonali uyda uç oila yaşaydi. Qişda, sovuq havoda şunça odam kimnikiga, qaçongaça siğadi?

“Sergelida uç xonali uyda ön kişi turamiz. Ikki kelin, nabiralarim bor. Uyimizni sotaylik desak, şunça odam köçada qoladi. Boşqa sotişga arzigulik narsamiz ham yöq. Heç kimning bolasi kasal bölmasin, ekan. Heç kimni farzandiga termilgulik qilmasin”, deydi onaxon ökinç bilan.

Özga yurtdan turib, yurtdoşlariga yuzlangan uşbu oila yaxşilar kömagidan umidvor. Bir norasida gödakning dardiga şifo topişi uçun öz yordamingizni ayamang!

Xadiçabonu Habibullayevaga oid ma’lumotlar:

UzCard: 8600 0609 7560 3086 onasi Dilafröz Töxtamatova nomida

Viza: 4231 2000 0937 1138 qarindoşi Muazzam Mirzatillayeva nomida

Manzil: Toşkent şahar, Sergeli 2, 15 uy, 42 xonadon.