O‘zbekiston | 08:50 / 29.12.2022
3453
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy vakillik organi rahbari davlat organida haq to‘lanadigan lavozimni egallashi taqiqlanadi

“Mahalliy vakillik organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Mahalliy vakillik organlari rahbari va mansabdor shaxslari davlat organlarida hamda boshqa tashkilotlarda haq to‘lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emasligi qayd etilmoqda.

Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda ishlovchi deputatlar korpusidan iborat qo‘mitalar tashkil etilishi taklif etilmoqda, bunda:

  • xalq deputatlari Kengashlarining qo‘mitalari sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, Kengash qarorlarini va O‘zbekiston qonunchilik hujjatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ko‘maklashish maqsadida Kengash vakolati muddatiga doimiy asosda ishlovchi 1 nafardan deputatlar rahbarlik qiladigan tarzda tuzilishi;
  • xalq deputatlari Kengashi raisi va uning o‘rinbosari Kengashning qo‘mitalari tarkibiga saylanishi mumkin emasligi;
  • har bir xalq deputatlari Kengashlarida kamida 5 tadan qo‘mitalar tashkil etilishi;
  • qo‘mitalarga saylangan deputatlarning soni Kengash umumiy deputatlari sonining 1/5 qismidan oshmasligi;
  • qo‘mitalarning a’zolari Kengash raisining taqdimiga binoan deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanishi taklif etilmoqda.

Mavzuga oid