O‘zbekiston | 09:03 / 30.12.2022
6766
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya foydali qazilmalarni tadqiq etishda yangi loyihalarni amalga oshiradi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Turkiya Foydali qazilmalarni tadqiq etish va qidirish Direktorati (MTA) bosh direktori o‘rinbosari Nail Yildirim va loyiha rahbari Mustafo Toko‘glu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Illyustrativ foto

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda MTA vakillari O‘zbekistonda xorijiy investorlarning qulay faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholashar ekan, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Foydali qazilmalarni qidirish sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda sarmoyaviy munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Ikki mamlakat mutaxassislarining hamkorlikdagi faoliyatini kengaytirish, tajriba va texnologiyalar almashish, malakasini oshirish imkoniyatlari ham mavjudligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro munosabatlarning muhokama qilingan yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini kelishib oldilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid