Laziz Şavkatoviç Qudratov Özbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga tayinlandi.
Laziz Qudratov 1981 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Toşkent davlat Şarqşunoslik instituti va Yaponiyadagi Hosey universitetini tamomlagan.
U 2003-2010 yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda işlagan, 2010-2014 yillarda Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida savdo-iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçi, 2014-2016 yillarda Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlaş va qöllab quvvatlar böyiça «Özinfoinvest» agentligi direktori sifatida faoliyat körsatgan.
2017 yil iyunida Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari etib tayinlangan, 2019 yil yanvarida qömita Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi sifatida qayta taşkil etilgaç, vazir örinbosari lavozimida işlay boşlagan. 2019 yil oktyabrida investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangandi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga 2022 yil iyulida Jamşid Xöjayev vazir etib tayinlangandi. Prezidentning «Yangi Özbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga köra bu vazirlik Özbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga özgartirildi. Endilikda Jamşid Xöjayev Investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça boş vazir örinbosari bölib qolmoqda.

















