Braziliya poytaxtida 1 yanvar, yakşanba kuni mamlakatning saylangan prezidenti Luis Inatsiu Lula da Silvaning inauguratsiyasi bölib ötdi. Söl işçilar partiyasidan saylangan va uçinçi marta prezident sifatida inauguratsiya qilgan siyosatçi Milliy kongress oldidan qasamyod qildi.
Prezident sifatidagi birinçi nutqida siyosatçi özidan oldingi prezident Jair Bolsonaruni tanqid qildi. Da Silvaning sözlariga köra, sobiq rasmiylar ta’lim, soğliqni saqlaş va Braziliya örmonlarini muhofaza qilişga ajratilgan mablağlar qisqartirilgani uçun mas’ul. Da Silva ekologik kun tartibini, şuningdek, kiçik va örta biznesning ahvolini yaxşilaşga va’da berdi.
Bu da Silva uçun uçinçi prezidentlik muddati va siyosatçining prezidentlik saylovlarida oltinçi marta iştirok etişi - u 2003 yilda lavozimga kirişgan va 2006 yilda qayta saylangan. Lula uçinçi muddatga nomzodini qöygani yöq – Braziliya qonunçiligiga köra, bir kişi ketma-ket ikki muddatdan ortiq davlat rahbari böla olmaydi. 2017 yilda sobiq prezident korrupsiyada ayblanib, 9,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq u keyinroq ozod etilgandi, 2021 yilda esa Braziliya Federal oliy sudi siyosatçiga qöyilgan barça ayblovlarni bekor qildi.
Da Silvaning inauguratsiyasida Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer iştirok etdi va u hamkasbini Berlin yangi davlat rahbarini «yomğir örmonlarini himoya qiliş böyiça ulkan rejalari»da qöllab-quvvatlaşga tayyorligiga işontirdi. 2 yanvar kuni Germaniya prezidenti Braziliyaning tropik örmonlarga boy Amazonas ştatiga taşrif buyurmoqçi, u yerda Bolsonaru davrida örmonlarning kesilişi va yonğinlar sezilarli darajada oşgan.
Germaniya prezidentiga safarda atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziri Şteffi Lemke hamrohlik qildi. Uning sözlariga köra, da Silva yangi prezidentlik muddati bilan dunyo «Amazoniya va şu bilan iqlim falokatining oldini oladigan eng muhim joylardan birini saqlab qoliş» imkoniyatiga ega böladi. Avvalroq Germaniya rivojlanayotgan mamlakatlarga global iqlim özgarişi oqibatlariga qarşi kuraşda yordam berişga va’da bergan edi.
Da Silvaning inauguratsiya marosimida Rossiya Federatsiyalar kengaşi spikeri Valentina Matviyenko boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasi ham iştirok etdi. Uning ta’kidlaşiça, u Braziliya prezidentiga rossiyalik hamkasbi Vladimir Putindan xabar yetkazgan va da Silva iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ekologik va boşqa sohalarda Rossiya-Braziliya munosabatlarini tiklaşga «tayyor va manfaatdor ekanligini tasdiqlagan».
Oktabr oyida bölib ötgan prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçida da Silva 50,9 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi, Jair Bolsonaru esa 49,1 foiz ovoz oldi. Özining öng qanot qaraşlari va COVID-19 pandemiyasi haqidagi şubhasi bilan tanilgan Bolsonaru saylovlardagi mağlubiyatni töğridan töğri tan olmadi va tarafdorlari tomonidan ötkazilgan saylovdan keyingi namoyişlar «ğazab va adolatsizlik tuyğusi natijasi» ekanligini aytdi.

















