2 yanvar, duşanbaga ötar keçasi Isroil Damaşq xalqaro aeroportiga raketa hujumi uyuştirdi, natijada tört kişi, jumladan, ikki suriyalik askar halok böldi, deya ma’lum qildi Suriya inson huquqlari kuzatuv markazi (SOHR). «Tört nafar jangçi, jumladan, ikki nafar suriyalik harbiy halok böldi. Şuningdek, raketalar «Hizbulloh» va eronparast guruhlarning aeroport binosi içidagi va taşqarisidagi pozitsiyalariga, jumladan, öq-dorilar omboriga zarba berdi», - deyiladi xabarda.
Öz navbatida, harbiy manba Suriyaning davlatga qaraşli SANA axborot agentligiga Isroil Damaşq xalqaro aeroporti va uning atrofiga raketalar otganini, natijada ikki suriyalik askar halok bölganini aytdi. Xabar qilinişiça, aeroport işlamayapti.
Yetti oydan kamroq vaqt içida bu Isroilning Damaşq aeroportiga ikkinçi hujumi bölib, u yerda eronparast qurolli guruhlar va Livanning «Hizbulloh» radikal harakati jangarilari joylaşgan.
Joriy zarba Isroil armiyasi rahbariyati 2023 yilga möljallangan operatsiyalar rejasini taqdim etganidan bir neça kun ötib sodir böldi. «Biz Suriyadagi harakatlarimiz uzluksiz va tizimli harbiy çoralar butun mintaqadagi ta’sirning özgarişiga olib kelganiga misol ekanligini körmoqdamiz. Biz Suriyada «Hizbulloh» 2.0 mavjudligini qabul qilmaymiz», - deyiladi xabarda.

















