Consumer Electronic Show 2023 (CES 2023) texnokörgazma doirasida Acer kompaniyasi bir vaqtning özida sport bilan şuğullaniş va kompyuterda işlaş imkonini beruvçi noodatiy maşq velosipedini taqdim etdi.
eKinekt BD 3 nomini olgan yangilikdan kompyuterda işlaş jarayonida foydalaniş mumkin– u iş stoli bilan birlaştirilgan velotrenajyordan iborat.

Şuningdek, unda stakan qöyiladigan joy, sumka yoki ryukzak uçun ilgak, kompyuter yoki boşqa gadjetni zaryadlaş uçun USB Type-A va USB Type-C ulagiçlari bor. E’tiborga loyiq jihati – maşq paytida eKinekt BD 3 elektr energiyasini işlab çiqarişi mumkin. U sekundiga 60 marta aylanganida 75 vattgaça quvvat işlab çiqaradi.
Noodatiy trenajyor velosiped 2023 yilning yozida sotuvga çiqariladi. Acer yangi mahsulot uçun 999 dollar söramoqda, bu taxminan 11,3 mln sömga teng.

















