Dunyodagi eng kuçli Vestas V236-15MW şamol turbinasi Daniyaning Esterild poligonida sinov tariqasida işga tuşirildi.

Uskuna rotorining diametri 236 m, parrak uzunligi 115,5 m, maksimal quvvati 15 MVt bölib, 20 mingta uy xöjaligini elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi.

Vestas V236-15MW turbinalaridan sanoat miqyosida foydalaniş kelgusi yilda boşlanadi. Dunyodagi eng baland - 280 metrlik şamol turbinalari Frederikşavn şamol stansiyasiga örnatiladi.

Vestas V236-15MW uskunasining yillik energiya işlab çiqariş quvvati 80 Gvt bölib, uşbu ekologik toza energiya miqdori karbonat angidrid çiqindilarini yiliga 38 ming tonnaga kamaytiriş yoki yiliga 25 mingta avtomobilni yöllardan olib taşlaş bilan barobar.

Vestas V236-15MW quvvat böyiça uzoq vaqt davomida çempion bölolmaydi. Xitoyliklar quvvati 16 MVt bölgan MySE 16.0-242 şamol turbinasini qurmoqda. U sinov tariqasida 2023 yil örtalarida işga tuşiriladi.