Yana bir tomondan topganining bir uçini rözğorga, bir uçini farzandining dorilariga tortib yetkazolmay qiynalayotgan turmuş örtoğini körib yordam berolmaslik, ilojsizlikdan siqiladi.

“Gematologiyani körişni xohlamayman”

Qizaloğining közini operatsiya qildirib beş kunda qaytib ketişi kerak bölgan Mahliyo Toşkentda hali uzoq qolişini, farzandini qanday taşxislar kutib turganini bilmasdi.

“Gematologiyani körişni xohlamayman. Öşa binoga kirişni duşmanlarimga ham ravo körmayman. Ximiya nima ekanligini bilmasdim.

Muolajalarini boşlaganimizga qaramasdan ahvoli oğirlaşib ketaverdi. Közini operatsiya qildirib beş kunda qaytamiz deb öylagandik. Şu sabab turmuş örtoğim Navoiyda qolgandilar.

Işlaş kerak, bolamni ukol-dorilari ham juda qimmat. Turmuş örtoğim ustaçilik qiladilar. Özimdan ötganini özim bilaman. Hatto dadasiga, ota-onamga ham tuşuntirib berolmayman.

Bola yaşaşni istab mehr közlari bilan sizga şunday termilib turadi, lekin qölingizdan heç narsa kelmaydi. Bundan ortiq azob yöq ekan, ona uçun”, — deydi Mahliyo ökinç bilan.

Soliha Usmonovaga oid ma’lumotlar:

Özkard: 8600 0609 0940 3983 onasi Mahliyo Oçilova nomida

Humo: 9860 2301 0455 4939 ammasi Farangiz Niğmatova nomida

Manzil: Navoiy viloyati, Xatirçi tumani, Paraxun MFY, 154-uy.

“Ikki farzandimni sinov bilan berdi”

Ma’muraning tört farzandi bor. Hayot bu ayolga ikki ne’matini sinov bilan berdi. Bu şunday sinovki, ham bolalar, ham ota-onaning joni azobda.

“Katta qizim 15 yoşda. Tuğma suyak nuqsoni bilan tuğilgan. Displaziya diagnozini qöyişgan. Öğlimga oqqon xastaligini qöyişganda tuş köryapman, deb öyladim. Juda ham oğir dard ekan.

Bölişi mumkin emas, birinçi bolam nogiron, ikkinçisi ham dard çekadimi deb, şuda qattiq tuşkunlikka tuşdim. Turmuş örtoğim ham qayğurib qandli diabet kasalini orttirib oldilar.