Narxlar arzonlaşişi mumkinmi?
Qöşilgan qiymat soliği stavkasi 12 foizgaça tuşirilişi, albatta, biznes va aholi uçun ijobiy signal. Bu, ideal şaroitda, nazariy jihatdan, yaratilayotgan har bir mahsulot xarajatlari 3 foizga arzonlaşayotganini bildiradi. Ammo real holatda narxlar pasayişi mumkinmi?
Birinçidan, soliqlar pasaytirilişi erkin raqobat şaroitidagina narxlar tuşişiga olib keladi. Ya’ni bozorda mahsulot yetkazib beruvçi iştirokçilar qançalik köp bölsa, kimdir kamroq foydaga rozi bölib, narxlarni bosqiçma-bosqiç tuşirişni boşlaşi mumkin. Bu esa qolgan yetkazib beruvçilar uçun ham narxlarni arzonlaştiriş uçun signal beradi.
Raqobatli bölmagan, monopollaşgan bozorlarda esa soliq yuki kamayişi sotuvçi va vositaçilar marjinalligini oşirişgagina xizmat qiladi, xolos. Birgina misol, UzAuto Motors sotuvlar boşlangan paytda Chevrolet Onix narxlarini QQSsiz keltirib ötgandi. Vaholanki, xaridorlar şartnoma tuzayotganida 15 foizlik QQSni tölaşi şart. Biroq 1 yanvardan boşlab qöşilgan qiymat soliğining 15 foizdan 12 foizga tuşişi fonida kompaniya sotuvdagi avtomobillari narxini arzonlaştirgani yöq. Yoki Özbekiston havo yöllari va Özbekiston temiryöllari çiptalari narxini tuşirmadi.
Taklif çeklangan bozorlarda kompaniyalar QQS stavkalarining özgarişiga asimmetrik tarzda javob berişga moyil böladi. QQSning pasayişiga javoban ular öz narxlarini pasaytirmaydi, lekin QQS stavkasi kötarilsa, narxlarni sezilarli darajada oşiradi. Bu yerda noelastik talab tufayli soliq yuki kamayişidan faqatgina işlab çiqaruvçi foyda köradi. Uşbu holatda soliqlar pasayişining birdan bir ta’siri budjet kamomadidagina namoyon böladi.
Ikkinçidan, QQS pasayişi narxlar ösişini sekinlaştirişi, talabni oşirişi va bozor faolligini rağbatlantirişi ham mumkin. Bu daromad effekti bilan boğliq. Xususan, QQS pasayişi iste’molçilar daromadi oşişiga olib kelsa va uşbu mablağlar qöşimça xaridlarni amalga oşirişga yönaltirilsa, bu iqtisodiy faollikni rağbatlantiradi.
Agar narxlar pasayişi iste’molçilarga sezilmasa, işlab çiqariş va bandlik sezilarli darajada ösmaydi. Davlat raqobatli biznes muhitini qöllaş orqali nafaqat tadbirkorlarni, balki butun mamlakat aholisini ijtimoiy himoya qilayotgan böladi. Narxlar pasayişi aholining tölov qobiliyatini oşiradi, bu savdo, öz navbatida, budjetga tuşumlar ham köpayişiga olib kelişi kerak. Ya’ni soliq stavkasini pasaytiriş orqali davlat aslida, tadbirkor foydasiga qandaydir summadan voz keçmaydi. Aksinça, şunday qarorlar orqali tadbirkorlikni rivojlantirişni közda tutadi va şu tariqa budjetga tuşumlar oşişidan umid qiladi.
Albatta, QQSni oxir-oqibatda iste’molçi, ya’ni xalq tölaydi. Ammo QQS stavkasi pasayişi natijasida bu mablağlar tadbirkorlik sub’yektlari hisobida qoladi, ularning aylanma mablağlari köpayadi. Hozirgi şaroitda QQS pasaytirilişidan narxlar arzonlaşişini kutiş qiyin, lekin ayrim tarmoqlarda ma’lum muddat narxlar ösişi sekinlaşişi mumkin.

















