Vazirlar Mahkamasining «Özbekistonda çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni röyxatga oliş tartibini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun yaşaş uçun guvohnomalarni oliş tartibini soddalaştiriş va arizalarni onlayn-tizim orqali körib çiqişni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Boşqa davlatlardan:

  • Qoraqalpoğistonda va viloyatlarda doimiy yaşaşga ruxsatnoma beriş haqida arizani körib çiqiş 98 kundan 68 kunga, körib çiqiş bosqiçlari esa 10 tadan 8 taga qisqarmoqda;
  • Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga kelgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga doimiy yaşaş uçun ruxsatnoma beriş haqidagi arizani körib çiqiş muddati 128 kundan 68 kunga, körib çiqiş bosqiçlari esa 11 tadan 8 taga qisqarmoqda.