Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o‘qitish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Quyidagi lavozimlarga tayinlash maqsadida kadrlar zaxirasiga tanlangan shaxslar (nomzodlar) Diplomatik akademiya o‘quv kurslarida malaka oshirish uchun yuboriladi:
- O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi;
- O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili;
- Bosh konsul, konsul;
- O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardagi maslahatchi-vakili, maslahatchisi (shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha), birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, uchinchi kotibi, attashesi.
O‘quv kurslarining maqsadi diplomatik kadrlar zaxirasi uchun tanlanadigan shaxslarning kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish hisoblanadi.
O‘quv kurslari an’anaviy va masofaviy shakllarda tashkil etiladi. O‘quv kurslari tinglovchilari o‘qishni tugatgandan so‘ng yakuniy imtihon topshiradi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Mazkur Diplomatik akademiya prezidentning 2022 yil 23 iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Mavzuga oid
08:47 / 01.06.2026
Rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sun’iy intellekt orqali baholanishi mumkin
16:35 / 25.05.2026
“Avval yopiq davlat edingiz, endi qiziqa boshlayapmiz” – Niderlandiya elchisi bilan suhbat
14:25 / 27.03.2026
Qurollanish yoki diplomatiya: tartibsiz dunyoda davlatlar qanday yashab qolishi mumkin?
18:59 / 04.03.2026