Birlaşgan Arab Amirliklari Masdar kompaniyasining Navoiy viloyati Zarafşon şahrida 500 MVt quvvatga ega şamol elektr stansiyasini quriş loyihasi PFI Awards tomonidan Markaziy Osiyoda yilning eng yaxşi bitimi deb topildi. Bu haqda PFI Awards hisobotiga tayangan holda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

PFI Awards (Project Finance International) loyihalarni moliyalaştiriş sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri bölib, har yili Yevropa, AQŞ, Osiyo, Yaqin Şarq va Afrikadagi loyihalarni moliyalaştiriş böyiça eng yaxşi operatsiyalar uçun beriladi.

Elektr stansiyasini quriş loyihasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va «Masdar» kompaniyasi örtasida tuzilgan Investitsiya şartnomasi şartlari asosida amalga oşirilmoqda.

Şartnoma Masdar kompaniyasiga 25 yil davomida elektr stansiyasini moliyalaştiriş, loyihalaş, quriş va işlatiş huquqini beradi.

Loyihani amalga oşiriş uçun 600 million dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar jalb etilişi rejalaştirilgan. Elektr stansiyasi işga tuşirilgaç, yiliga 545 million kub metr tabiiy gaz tejaladi va karbonat angidrid çiqindilarini yiliga 1,1 million tonnaga kamaytirib, yiliga 500 ming xonadonning iste’moliga teng bölgan 1,6 mlrd KVt-s elektr energiyasi işlab çiqarişni ta’minlaydi.

Investitsiya loyihasi Özbekiston hukumati tomonidan 2026 yilga borib elektr energiyasi işlab çiqarişning umumiy hajmida qayta tiklanadigan energiya manbalari uluşini 25 foizga yetkaziş böyiça belgilangan vazifalarni hal etişga qaratilgan.