Bu yil aholi soni ösişi böyiça dunyoda birinçi öringa çiqib olişi kutilayotgan Hindiston dunyoda mehnat bozori eng katta davlatga aylanadi. Bu mehnat bozori özining dasturçilik va texnologiya sohasida professionalligi bilan allaqaçon tanilib bölgan. AQŞning texnologiya gigantlari joylaşgan Silikon vodiysidagi yirik kompaniyalarda ham hind rahbarlar bor.

Hindiston moliya vaziri özining çiqişlaridan birida hind oliy ta’limi dunyo böylab köplab yirik kompaniyalar rivojlanişiga hissa qöşayotgani, xususan, AQŞning Silikon vodiysidagi startaplarning taxminan 25 foizini kelib çiqişi hind millatiga mansub kişilar boşqarayotganini tilga olgan.

BBC'ning yozişiça, kelib çiqişi hindistonlik bölgan odamlar AQŞ aholisining taxminan 1 foiziga teng bölsa-da, ular Silikon vodiysining 6 foiz işçi kuçini taşkil qiladi.

AQŞda işlaşga ruxsat beradigan H-1B vizasining 70 foizdan ortiği hind dasturçilariga beriladi. Sietl kabi şaharlardagi xorijlik muhandislarning taxminan 40 foizi hindlardan iborat.

Twitter ijtimoiy tarmoğini qariyb bir yil boşqargan Parag Agraval, Alphabet kompaniyasi (Google) boş direktori Sundar Piçai, Microsoft kompaniyasi rahbari Satya Nadella – hind.

Sundar Piçai
Parag Agraval
Satya Nadella

Hindlarning rivojlangan davlatda bunçalik muvaffaqiyat qozonişi siri nimada?

Ta’lim tizimi