Toshkent, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari ham darslar boshlanish vaqtlarini e’lon qildi
Bugun Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida darslar boshlanmagan, Toshkent viloyati hokimligi esa bugun darslar boshlanishi haqida bugun xabar berdi.
11 yanvar kuni yana uch viloyat hokimliklari maktablarda qishki ta’til vaqti qachon tugab, 3-chorak qachon boshlanishi to‘g‘risida ma’lumot berishdi.
Toshkent viloyatidagi maktablarda ham darslar bugundan bosqichma-bosqich boshlangan. Bu haqda hokimlik bugun soat 10:00 da e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 11 yanvardan viloyat bo‘yicha 77 ta maktabda darslar bo‘lishi belgilangan.
Boshqa umumta’lim maktablarida esa darslar, mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda, 12 yanvardan bosqichma-bosqich boshlanadi (ro‘yxati bugun soat 14:00 da e’lon qilinadi).
Navoiy viloyatidagi maktablarda darslar 12 yanvardan boshlanadi.
«O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining Navoiy viloyati bo‘yicha bergan ob-havo ma’lumotlariga tayanilgan holda, joriy yilning 12 yanvar kunidan Navoiy shahridagi 21 ta, Karmana tumanidagi 32 ta, Navbahor tumanidagi 37 ta, Qiziltepa tumanidagi 43 ta, Nurota tumanidagi 11 ta, Konimex tumanidagi 14 ta, Xatirchi tumanidagi 72 ta maktablarda qishki ta’tildan keyingi darslar boshlanadi», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Olis cho‘l, tog‘ va tog‘oldi hududlarida joylashgan 133 ta maktabda o‘qish 16 yanvardan davom ettiriladi.
Sirdaryo viloyatidagi maktablarda darslar yuqori sinf o‘quvchilari uchun 13 yanvardan, boshlang‘ich sinf va bog‘chalarda dars hamda mashg‘ulotlar 16 yanvardan boshlanadi.
Oliy o‘quv yurtlari, kollej va litseylarda esa o‘qish bosqichma-bosqich tarzda 11 yanvardan boshlandi. Bunda boshqa viloyatlar yoki chekka hududlardan kelib o‘qiydigan o‘quvchi va talabalarga sharoit yaratilishi, darslarni onlayn tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.
Hozircha faqat Namangan va Jizzax viloyatlari hokimliklari o‘z hududida darslar qachon boshlanishi haqida rasman ma’lumot bermadi — faqat Jizzax viloyati XTB hamda Namangan shahri hokimligi tomonidan berilgan xabarlarda ushbu viloyatlardagi aksar maktablarda darslar 11 yanvardan boshlanishi aytilgan. Toshkent shahri, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlarida ham darslar 11 yanvardan boshlanib ketgan. Qoraqalpog‘istonda o‘qish 12 yanvardan boshlanishi xabar qilingan. Faqatgina Farg‘ona viloyatida o‘quvchilar qishki ta’tildan keyingi haftada qaytishiga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
23:07 / 21.12.2024
Toshkent viloyatida chiqindi poligonlari xizmat narxi oshiriladi
16:16 / 17.12.2024
Toshkent viloyatida 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
20:14 / 16.12.2024
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:41 / 14.12.2024