Suratlarda Soledarda uylar va maktablar vayron bölganligi körsatilgan.
Baxmutda esa yöllar va dalalar böylab portlaşlardan minglab çuqurlar yuzaga kelgan.
Additional before (August 1, 2022) and after (January 10, 2023) #satellite imagery of the town of #Soledar, #Ukraine (lat: 48.663700, long: 38.091763), showing homes, schools and buildings that have been destroyed from the month’s long battle and artillery exchanges. pic.twitter.com/0JtVReyeBF
— Maxar Technologies (@Maxar) January 11, 2023
Bundan oldin Ukraina qurolli kuçlari «Soledarni uşlab turiş uçun oğir janglarni» davom ettirmoqda, deb xabar bergandi mamlakat mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyar özining Telegram-kanalida.
«Duşman öz şaxsiy tarkibining oğir yöqotişlariga e’tibor bermayapti va faol hujumni davom ettirmoqda. Bizning pozitsiyalarimizga yaqinlaşiş şunçaki halok bölgan duşman askarlarining jasadlari bilan tölib toşgan», - deb ta’kidlab ötdi Malyar.
#SatelliteImagery from January 7, 2023, reveals thousands of bomb craters in fields and along roads in and around the town of #Bakhmut, #Ukraine. pic.twitter.com/iAwSLzvX4b
— Maxar Technologies (@Maxar) January 11, 2023
Uning sözlariga köra, ukrainalik jangçilar safni jasorat bilan uşlab turişibdi.
«Faqat kuçli xalq katta va kuçli duşmanga qarşi şunday astoydil kuraşa oladi», dedi vazir örinbosari.
Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiyaning sönggi tört kunlik hujumidan söng, Soledarning katta qismi rus qöşinlari va "Vagner" XHK kuçlari nazorati ostida bölişi mumkin.













