10 yanvar kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati, Navaşinskiy tumanida «Moskva-Özbekiston» mikroavtobusi yölovçilari politsiya xodimlari tomonidan qutqarib olindi, deb xabar berdi «Kommersant’» Nijniy Novgorod IIV boşqarmasiga tayanib.
Xabarga köra, mikroavtobus katta yölda buzilib qolgan, uning salonida 19 kişi bölgan. 40 daraja sovuqda qolgan yölovçilar dispetçerlik xizmatiga qönğiroq qilib, yordam söraşganidan söng, YPX xodimlari tomonidan topilgan. Tuman hokimiyati jabrlanganlarni taşiş uçun transport ajratgan, ular içki işlar bölimiga olib borilgan.
Şu bilan birga, politsiya avtobus yölovçilarining maqomiga oydinlik kiritiş va ularning Rossiyada bölişiga ruxsat beruvçi hujjatlarini tekşirişga qaror qilgan. Buzilgan mikroavtobus ta’mirlaş uçun evakuatsiya qilingan.












